"Manchester Yunayted" muhim futbolchisidan tezroq qutulmoqchi

  • 10 dekabr, 2024, 19:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni tezroq sotish haqida o‘ylamoqda, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri. 
 

Tecno

Ushbu manbaning ta’kidlashicha, "qizil iblislar" rahbariyati Reshfordning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Uning jismoniy holati ham eng zo‘r davrida emas deb hisoblamoqda. Hattoki klub rahbarlari qishki transferlar oynasida har qanday taklifni ko‘rib chiqmoqchi. 
 
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli hujumchi bu mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘jallangan bo‘lib, uning "Transfermarkt"dagi narxi 60 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!