"Manchester Yunayted" Meddison transferiga qiziqmoqda

BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" "Lester" futbolchisi Jeymc Meddison transferini amalga oshirmoqchi, deya xabar berdi "The Telegraph" nashri. Klubga mazkur xarid 60 million funt sterlingga tushishi mumkin. 

Manbaning ta’kidlashicha, "tulkilar" angliyalik yarim himoyachini sotishga qarshi emas. Jamoa muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin ayrim futbolchilaridan qutulmoqchi. Bu orqali "Lester" yaxshigina daromad ko‘rishi mumkin. Shuningdek, yozda Tilemans erkin agent sifatida ketish arafasida. 

"Manchester Yunayted" yaqinlashayotgan transferlar oynasida faol bo‘lishga harakat qiladi. Ten Xag jamoaga nafaqat yarim himochi, balki himoyachi ham olib kelishni istaydi. Variantlar orasida o‘zining sobiq shogirdi (Ayaks vakili) Timber mavjud. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!