
"Manchester Yunayted" Maktomineyni sotmoqchi emas
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey "Nyukasl Yunayted"ning asosiy maqsadi hisoblanadi. Jamoa ustozi Eddi Xouning Chempionlar Ligasi mavsumi oldidan yarim himoyada shotlandiyalik xavbekni ko‘rmoqchi.
Biroq, jurnalist Samuel Lakxerstning so‘zlariga ko‘ra, "qizil iblislar" hozirda Maktomineyni sotmoqchi emas. Skott o‘tgan yozda jamoaga Cazemiro kelganidan keyin kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapti.
26 yoshli futbolchining o‘zi yangi klubida ko‘proq o‘ynash uchun ketishga qarshi emas. Britaniyalik iqtidor "Manchester Yunayted"da 7 mavsumdan buyon o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar