
"Manchester Yunayted" Madrid klubidan futbolchi ijaraga olmoqchi edi
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasi yopilishi oldidan Ispaniyaning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxerni ijaraga ololmadi. Jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, "Yunayted" Gallaxerga qiziqishini oynaning so‘nggi 48 soatida bildirgan, biroq "Atletiko" rad javobini bergan.
Bir hafta oldin Konorning sobiq klubi "Kristal Pelas" 25 yoshli Gallaxerning ijarasi bo‘yicha murojaat qilganida ham xuddi shunday javob qaytargandi.
Gallaxer atigi bir yil oldin "Chelsi"dan 34 million funt evaziga "Atletiko"ga ko‘chib o‘tgandi. Yangi mavsumda Konor Diego Simeone jamoasining La Ligadagi uchta o‘yinidan birida maydonga tushdi.
Fikrlar