
“Manchester Yunayted” kelasi mavsum uchun beshta yulduzni tanladi
Goal.com saytining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish uchun birinchi navbatda olinadigan besh nafar futbolchi nomini e’lon qildi.
Niderlandiyalik mutaxassis asosiy nishon sifatida “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yongni tanladi. Bu transfer amalga oshganidan keyin u bilan yonma yon o‘ynay oladigan futbolchilar olinadi.
Xususan, Erik ten Xag “Lids” vakili Kelvin Fillips, “Vest Xem” yulduzi Deklan Rays, “Chelsi” etakchisi Ngolo Konte kabi o‘yinchilar Frenki bilan tandem hosil qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Shuningdek, manchesterliklarga ko‘p gol ura oladigan hujumchi kerak. 37 yoshli Ronaldu butun mavsum davomida barqaror o‘ynay olmaydi. Bu rolga Erik ten Xag “Benfika”ning qimmatbaho to‘purari Darvin Nunes mos keladi, degan fikrda.
Fikrlar