“Manchester Yunayted” katta transferlarga qo‘l uradi

  • 23 aprel, 2023, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalgi mavqeini tiklashga harakat qilayotgan “Manchester Yunayted” yozda tarkibini tubdan o‘zgartiradi.

Tecno

Bosh murabbiy Erik ten Xag hozirgi futbolchilarning katta qismi bilan xayrlashishi haqida ma’lumotlar tobora ko‘payib bormoqda.

Shu bilan birga klub mutasaddilari kelasi mavsum oldidan olib kelinadigan yangi ijrochilar ro‘yxatini shakllantirmoqda.

Manchester Evening News nashrining yozishicha, manchesterliklar “Bayer”dan Jeremi Frimpongni transfer qilib, himoyaning o‘ng qanotini aynan mana shu futbolchiga topshirmoqchi. Shuningdek, ularga ko‘p gol ura oladigan markaziy himoyachi kerak. Hozircha, asosiy nomzod sifatida “Tottenxem”dan ketishga tayyor turgan Harri Keyn tilga olinmoqda.

Bundan tashqari, murabbiylar shtabi klub rahbariyatidan maydon markazini ushlab tura oladigan yosh, baquvvat va tezkor yarim himoyachi olib kelishni so‘rayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!