“Manchester Yunayted” jamoani qutqaradigan futbolchi topdi

  • 14 aprel, 2022, 13:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” joriy mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadi. Xalqaro maydondagi musobaqalarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan manchesterliklar ichki chempionatda ham kuchli to‘rtlikdan uzoqlashib bormoqda.

Tecno

Tabiiyki, bunaqa vaziyatda tarkibga yangi ijrochilar jalb qilinadi. Manchesterliklar yozda “Leyptsig” hujumkor futbolchisi Kristofer Nkunkuni olishni rejalashtiryapti.

PSJ tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Nkunu mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda. 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 42 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 28 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 18 ta golli pas uzatdi.

Kristoferga Angliya premer-ligasidan “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Arsenal” ham qiziqayotgan bo‘lsa-da, Sky Deutschland nashri “Manchester Yunayted”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda.

Nkunkuni oladigan jamoa yozda kamida 70 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!