“Manchester Yunayted”: Jamoani bu murabbiyga topshira olmaymiz!

  • 26 mart, 2022, 13:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari yaqinda jamoani boshqarishga nomzod bo‘lgan Erik ten Xag bilan suhbat uyushtirgan edi.

Tecno

Ushbu suhbatdan so‘ng, manchesterliklar “Ayaks”ni mahorat bilan boshqarib kelayotgan 52 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted”ga to‘g‘ri kelmaydi, degan xulosa chiqardi. Ularning ta’kidlashicha, Erik ten Xag Angliya grandlari bosh murabbiylariga tushadigan bosimni enga olmaydi.

Niderlandiyalik murabbiyning o‘zi kuchini Angliya futbolida sinab ko‘rishni istamoqda. U ana shu maqsad yo‘lida ingliz tilini ham o‘rgangandi.

Bundan tashqari, manchesterliklarni vaqtincha boshqarib turgan 63 yoshli Ralf Rangnik ham o‘z lavozimiga eng munosib nomzod sifatida Erik ten Xagning nomini tilga olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!