
"Manchester Yunayted" ispaniyalik darvozabon bilan muzokaralarga kirishdi
"Espanol" darvozaboni Xuan Garsiya yozda "Manchester Yunayted" safiga qo‘shilishi mumkin.
El Partidazo de COPE xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati 23 yoshli posbonning vakillari bilan bog‘langan. Xabarda yozilishicha, yaqin orada ingliz grandi futbolchiga rasmiy taklif yuboradi.
Joriy mavsumda Garsiya Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi, 41 ta gol o‘tkazib yubordi va 7 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Garsiyaning "Espanol" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabonning bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar