"Manchester Yunayted" "Inter" etakchisini tekinga olmoqchi

  • 29 yanvar, 2023, 22:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilning 30 iyunida "Inter" bilan shartnoma muddati tugaydigan niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vrey "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Tecno

"Teamtalk" nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" joriy mavsum yakunida 30 yoshli futbolchini tekinga sotib olishga urinib ko‘radi. U 2018 yildan beri "neradzurrilar" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Stefan 13 uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi. "Transfermarkt" portali niderlandiyalik himoyachini 15 million evroga baholamoqda.

20-turdan keyin milanliklar A Seriya turnir jadvalida 40 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!