“Manchester Yunayted” Gvardiola ko‘zlagan o‘yinchini olib ketmoqchi

  • 19 sentabr, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Inter” va Niderlandiya milliy terma jamoasi qanot himoyachisi Denzel Dyumfris anchadan beri Angliya Premer-ligasi klublari nishonida turibdi.

Tecno

Football Insider nashrining yozishicha, 29 yoshli futbolchini Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ga olib kelishni istayapti. Manbaga ko‘ra, endi o‘yinchi uchun kurashga “Manchester Yunayted” ham qo‘shildi.

Manchesterning har  ikki klubi ham Denzel Dyumfrisni yanvardagi qishki transferlar oynasi davrida olib kelishga urinib ko‘radi.

Denzel professional faoliyatini o‘z yurtida boshlab, Niderlandiyaning bir necha klublarida mahorat oshirgan. “Inter” bu o‘yinchini 2021 yili 14,5 million evroga transfer qilgandi. Ayni paytda milanliklar bilan yana uch yillik shartnomaga ega himoyachi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!