“Manchester Yunayted”: Gapga ko‘nsang, Angliyadagi eng katta maoshni olasan!

  • 14 aprel, 2022, 11:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati tez orada erkin agentga aylanadigan Pol Pogbani ushlab qolish uchun unga katta mablag‘ va’da qilmoqda.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, frantsiyalik klubda qolishga ko‘nsa, Angliya premer-ligasida eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi.

Daily Mirror nashrining ma’lum qilishicha,  29 yoshli yarim himoyachi yangi bitim imzolasa, haftasiga 400 ming funt maosh oladi va qo‘shimcha bonuslar bilan bu summa haftasiga 500 ming funtgacha ko‘tarilishi mumkin.

Pogba hali bu taklifga javob bergani yo‘q. Lekin manbaning ta’kidlashicha, klubning bu qarori qolgan o‘yinchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Ular Pogba bu qadar katta maoshga loyiq emas, deb hisoblamoqda.

- Ayrim o‘yinchilar rahbariyatning bu taklifi hech qaysi chegaraga sig‘masligini, ular doim ketishi haqida gapirayotgan va asosiy tarkibga har doim ham kira olmayotgan Pogbaning o‘zlaridan ikki baravar ko‘p pul olishiga qarshi, - dedi klub ichidagi manbalardan biri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!