
“Manchester Yunayted” futbolchisiga London klubi qiziqish bildirmoqda
"Vest Xem" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktomineyni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “ExWHUemployee” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, agar shotlandiyalik futbolchi transferga qo‘yiladigan bo‘lsa, "bolg‘achilar" bu transferni amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi.
Qayd etilishicha, Maktominayning kelajagiga “Barselona” futbolchisi Frenki de Yongning “qizil iblislar” safiga o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holatda shotlandiyalikning asosiy tarkibdan o‘rinolishi nihoyatda qiyin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Maktominay "Manchester Yunayted"da Joze Mourino qo‘l ostida debyut qilgan.
Fikrlar