
“Manchester Yunayted” Evropa ligasini yutsa, 100 million funtlik futbolchiga ega bo‘ladi
“Manchester Yunayted” ichki chempionatda ishlari yurishmayotganiga qaramay, Evropa ligasida muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Ruben Amorim shogirdlari “Lion” bilan to‘qnashuvda raqibini qiyinchilik bilan bo‘lsa ham ortla qoldirdi va bosh sovrin uchun yurishni davom ettirmoqda.
Agar manchesterliklar Evropa ligasida g‘olib chiqsa, kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Qit’aning eng nufuzli turniriga chiqqan klublar qatorida “Yunayted” ham 80 million funt miqdorida mukofot puli oladi.
Manchesterlik bu mablag‘ni qator grand klublar nishonida turgan Tayler Dibling transferiga yo‘naltirishni mo‘ljallamoqda.
“Sautgempton” o‘z futbolchisini 100 million funtga baholayapti. Manchester superklubi 19 yoshli futbolchini olish uchun katta summa to‘plashi kerak. Buning eng oson yo‘li esa, Evropa ligasida g‘olib chiqib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishdir.
Fikrlar