"Manchester Yunayted" etakchisi yozda jamoani tark etishi mumkin

  • 17 oktabr, 12:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning markaziy himoyachisi Xarri Maguayr mavsum yakunlangach jamoani tark etishi ehtimoldan xoli emas.

Tecno

32 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, ammo uni uzaytirish imkoni ham bor. Shunga qaramay, insayder Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra, agar hatto yangi shartnoma imzolansa ham, Maguayrning ketishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

"Klub uchun Maguayr bilan shartnomani uzaytirish manfaatli, chunki u tarkibda muhim o‘rin tutadi. Ammo yozda unga yaxshi taklif tushsa, menimcha, "Manchester Yunayted" uni sotishga qarshi bo‘lmaydi”, — dedi jurnalist.

Transfermarkt portali esa angliyalik tajribali fulbekni 13 million evroga baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!