Yangi murabbiy “Yunayted”ga katta summa tejashni o‘rgatdi

  • 23 may, 2022, 20:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozda bir guruh futbolchilar bilan xayralashadi. Ular yangi bosh murabbiy Erik ten Xagning rejalariga kirmagan o‘yinchilardir. Ketadiganlar orasida katta maosh oluvchi yulduzlar ham bor.

Tecno

Xususan, shartnomasi yakunlanayotgan va o‘ta katta maosh olayotgan o‘yinchilardan  Pol Pogba (haftasiga 275,000 funt maosh), Edinson Kavani (250,000 funt), Xuan Mata (175,000 funt), Nemanya Matich (140,000 funt) va Jessi Lingard (110,000 funt) bilan yangi bitim tuzilmaydi va ular klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Shuningdek, Erik ten Xag qo‘llaydigan tozalash ishlari oqibatida Antoni Marsyal (haftasiga 250,000 funt maosh) Erik Bayi (110,000 funt), Din Xenderson (110,000 funt) va Fil Jons (80,000 funt) ham o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.

Ketadiganlar hisobiga klub bir mavsum uchun 80 million funt tejab qolishi aytilmoqda. Bu mablag‘ niderlandiyalik murabbiy olib keladigan yangi ijrochilar uchun yo‘naltiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!