
“Manchester Yunayted” deyarli butun tarkibdan voz kechmoqda
“Manchester Yunayted” joriy mavsumdan keyin tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, klubni tark etishi kutilayotgan 11 nafar o‘yinchi orasida mashhur futbolchilar ham bor
ESPN nashriga ko‘ra, birinchi bo‘lib, jamoani braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro tark etishi mumkin. Shuningdek, himoya vakillaridan Rafael Varan va Harri Maguayr ham o‘ziga yangi ish joyi topishi kerakligi aytilmoqda.
Klub xo‘jayinlari yozda yangi o‘yinchilarni olib kelmoqchi. Buning uchun etarli darajada mablag‘ bor. Biroq moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik va klub taraqqiyotining barqarorligini ta’minlash uchun tarkib vakillaridan bir nechtasidan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Yuqorida nomi keltirilgan o‘yinchilardan tashqari, ketishi kutilayotganlar ro‘yxatida Kristian Eriksen, Skott Maktominay, Aaron Van-Bissaka va Viktor Lindelyof kabi taniqli yulduzlar ham bor.
Fikrlar