
“Manchester Yunayted” de Xea o‘rniga zo‘r kiper topdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati asosiy darvozabon David de Xea o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan darvozabon qidirmoqda.
Klub xo‘jayinlari jamoaga “Everton” golkiperi Jordan Pikfordni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ispaniyalik darvozabonning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi. 28 yoshli Pikford o‘sha payt erkin agentga aylanadi. Manchesterliklar hozirdan uni erkin agentga aylangan paytda Manchesterga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.
David de Xea 2011 yildan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Klub uni mashhur darvozabon Edvin van der Sar o‘rnini egallashi uchun “Atletiko”dan transfer qilgan edi.
Fikrlar