
"Manchester Yunayted" dahshatli transferni amalga oshirmoqchi. Bu futbolchi hujum chizig‘ini to‘ldiradi
"Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini mamlakatning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Manchester Yunayted" yozda Keynni sotib olishni o‘ylamoqda. MYu 27 yoshli futbolchi uchun 90 million funt sterling berishga tayyor. O‘z navbatida, hujumchining o‘zi bu transferga rozi bo‘lgan.
Angliyalik hujumchi joriy mavsum APLda 31 o‘yinda maydonga tushgan va 21 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan.
Fikrlar