
“Manchester Yunayted” bunaqa sharmanda bo‘lmaganiga qariyb yuz yil bo‘lgandi
“Manchester Yunayted” Angliya chempionatining navbatdagi turida “Vest Xem” maydonidan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi.
Statistika mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, Erik ten Xag jamoasi joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 marotaba o‘yin o‘tkazib, ularning teng yarmini boy bergan.
Bunday salbiy ko‘rsatkichlar bundan qariyb 100 yil muqaddam, 1930 yili qayd etilgan. O‘shanda manchesterliklar mavsumning birinchi qismida 16 marta mag‘lub bo‘lgan. O‘sha mavsumda jamoa chempionatda so‘nggi – 22 pog‘onani band etgandi.
Erik ten Xag shogirdlari uchun mavsum juda og‘ir o‘tmoqda. Jamoa Evropa Chempionlar ligasida ham guruh bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tolmadi.
Fikrlar