“Manchester Yunayted” bu futbolchi uchun pul ayamaydi

  • 18 avgust, 2022, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibni kuchaytirish uchun “Real” yarim himoyachisi Karlos Kademironi sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Klub mutasaddilari “Barselona” pleymeri Frenki de Yongni qo‘lga kirita olmaganidan keyin e’tiborini madridliklar yulduziga qaratdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Marca nashri.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” vakillari Madridga kelib, transfer bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Angliyaliklar tajribali o‘yinchi uchun 60 million evro berishga tayyor.

30 yoshli Kazemiro Braziliyaning “San Paulu” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Qirollik klubi”dan 2013 yildan beri to‘p tepmoqda. Shu kunga qadar, jami 336 ta uchrashuvda qatnashib, 31 ta gol va 29 ta assis qayd etgan.

Kazemiro “Real” o‘yinchisi sifatida 18 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!