"Manchester Yunayted" braziliyalik hujumchiga jiddiy qiziqib qoldi

  • 21 iyun, 2022, 09:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Portu"ning braziliyalik hujumchisi Evanilsonga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Record.pt xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qizil ilbislar” 22 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olishmoqchi va buning uchun Portugaliya grandiga 60 million evro to‘lashga tayyor. Biroq “Portu” ushbu transferni 70 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Evanilson o‘tgan mavsum "Portu" safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 21 ta gol urdi hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!