"Manchester Yunayted" boshqaruviga yana ikkita nomzod paydo bo‘ldi

  • 26 noyabr, 2021, 16:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarib yuborgan "Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiy izlashni davom ettirmoqda.

Tecno

"The Independent" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, manchesterliklar rahbariyati Rudi Garsiya hamda Lyusen Favrdan birini olib kelishi mumkin. Bu mutaxassislarning uslubi MYuga mos kelishi taxmin qilinmoqda. 

Ayniqsa, Favr klubni va yosh futbolchilarning rivojlantirish borasidagi loyihasi borligini aytgan. Avvalroq, MYu boshqaruvida asosiy nomzod sifatida Ralf Rangnik yoki "Ayaks" murabbiyi Erik ten Xag ko‘rilayotganligi aytilgandi.

"Qizil iblislar" joriy mavsum APL turnir jadvalida 8-pog‘onada bormoqda. Klub 12 turdan so‘ng 17 ochko jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!