“Manchester Yunayted” birinchi futbolchini transferga qo‘ydi

  • 5 iyun, 2022, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan Erik ten Xag jamoa tarkibini tozalay boshladi. Klub rahbariyati birinchi bo‘lib o‘ng qanot himoyachisi Aaron Uan-Bissakani transferga qo‘ydi va yozda uni sotib yuboradi, deb xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

Tecno

Futbolchining klub bilan yana ikki yillik shartnomasi borligiga qaramay, murabbiylar shtabi 24-yoshli himoyachini o‘ynatmoqchi emas.

Transfermarkt portali Aaronni 30 million evroga baholamoqda.

Uan-Bissakaga avalroq “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ham qiziqish bilirgan edi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi sobiq jamoasi “Kristall Pelasga qaytishga yaqin. “Yunayted” Uan-Bissakani 2019 yili bu klubdan 55 million evroga sotib olgandi. Transfer omadsiz bo‘lib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!