“Manchester Yunayted” bir nuqtaga uchta futbolchi tanladi

  • 28 noyabr, 2024, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yuqori maqsadlar kurashish uchun tarkibni kuchaytirishga qaror qildi. Jamoa joriy mavsumda ko‘p gol o‘tkazayotgani uchun mutasaddilar himoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi.

Tecno

Daily Mail nashrining yozishicha, manchesterliklar chap qanot himoyasiga uch nafar futbolchi – Nunu Mendesh (PSJ), Alfonso Devis (“Bavariya”) va Milosh Kerkezni (“Bornmut”) mo‘ljallamoqda.

Ayni paytda bu pozitsiyada o‘ynayotgan 29 yoshli Lyuk Shou ko‘p jarohat olyapti. 25 yoshli Tirell Malasianing o‘yini esa, “Manchester Yunayted”ga mos kelmadi va rahbarlarga yoqmadi.

Manchesterliklar bu transferlardan birini qishki transferlar oynasi davrida amalga oshirmoqchi. Agar moliyaviy feyr-pley qoidalari bunga to‘sqinlik qilsa, ish yozga qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!