
“Manchester Yunayted” bir futbolchini olish uchun uchinchi bor urinib ko‘radi
“Manchester Yunayted” yozgi transferlar davrida himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Mankunianlar “Everton” markaziy himoyachisi Jarrad Brantueytni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.
TalkSPORT nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar o‘tgan yoz himoyachini so‘rab, “Everton”ga ikki marotaba taklif yubordi. Biroq grand klub taklif qilgan 50 million funt atrofidagi mablag‘ transfer uchun kamlik qildi.
22 yoshli futbolchining o‘zi faoliyatini grand klublardan birida davom ettirishni istayapti. Brantueytga “Liverpul” ham ko‘z tikmoqda. Bu himoyachi yozgi transferlar davrida bir necha katta klublar o‘rtasida talash bo‘lishi kutilyapti.
Fikrlar