
"Manchester Yunayted" Beylni ijaraga olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi yozda "Real" vingeri Garet Beylni ijaraga olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mankuanliklar 29 yoshli uelslik futbolchining bir yillik ijarasi uchun “qirollik klubi”ga 6 mln evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq madridliklar Beylni sota olmagan taqdirda, ijaraga bo‘lsa ham berib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida 40ta o‘yinda maydonga tushdi va 14ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 70 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar