
“Manchester Yunayted” asosiy yulduzidan voz kechishga tayyor
“Manchester Yunayted” mutasaddilari klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordni qo‘yib yuborishga tayyor.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, klub hujumchi bilan xayrlashishga shoshilmaydi. Biroq Markusning o‘zi boshqa jamoaga o‘tishni istasa, bu masala muhokama qilinadi va o‘yinchining ketishiga qarshilik ko‘rsatilmaydi..
Reshford 2016 yili asosiy tarkibga qabul qilingan. Shundan beri jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda.
26 yoshli forvard jamoa uchun 413 ta uchrashuv o‘tkazib, 136 ta gol urgan va 64 ta assist qayd etgan.
Fikrlar