"Manchester Yunayted" argentinalik yulduzni ko‘zlamoqda

  • 6 iyul, 2022, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaga universal hujumchi olib kelishni istamoqda. Bu haqda "Sky Italia" nashri xabar berdi.

Tecno

Hozirda klub uchun asosiy nomzod "Yuventus" sobiq futbolchisi Paulo Dibala hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" argentinalikning agentlari bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib bormoqda. 

Paulo oxirgi payt Manchesterdan ketishi haqida ko‘plab gap-so‘zlar tarqalayotgan Ronaldu o‘rniga olib kelinishi mumkin. Avvalroq, Dibalaga "Inter", "Milan" va "Roma" kabi A Seriya grandlari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!