"Manchester Yunayted" Antoni o‘rniga braziliyalik "Gabigol"ni olib kelishni istayapti

  • 5 noyabr, 2023, 15:30
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" klubi futbolchi Antonidan qutilish haqida bosh qotirmoqda. Bu haqda "Mirror" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, jamoa uni "Flamengo" vakili Gabriel Barboza bilan almashishga tayyor. Biroq manchesterliklar Barboza uchun Antonini faqat ijaraga bermoqchi. 

Gabrielni o‘z yurtida "Gabigol" deb ham atashadi. Futbolchi vaqtida Evropaning "Inter" va "Benfika" kabi jamoalarida to‘p tepgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Antoni uchun MYu yozda 95 million evro sarflagandi. Joriy mavsum Antoni APLning 7 o‘yinida birorta samarali harakat amalga oshirmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!