
"Manchester Yunayted" Amorim o‘rniga nomzodlar topib qo‘ydi
Ruben Amorim "Manchester Yunayted" bilan uch oy ishlamoqda, ammo hozircha jamoaning o‘yinida sezilarli o‘zgarish kuzatilmayapti. Hozirda jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 15-o‘rinda joylashgan. Mish-mishlarga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati Amorimga shubha bilan qaray boshlagan va allaqachon boshqa murabbiylarni ko‘rib chiqmoqda.
"Transfer News Live" xabar berishicha, "Manchester Yunayted" ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatini tuzmoqda. Ushbu ro‘yxatda Zinedin Zidan va Mauritsio Pochettino kabi mutaxassislar bor.
Pochettino hozirda AQSh terma jamoasini boshqarmoqda, Zidan esa 2026-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Frantsiya terma jamoasiga murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yuribdi.
Fikrlar