"Manchester Siti"ning yosh futbolchisi universitetda o‘qish uchun futboldan ketdi

  • 21 noyabr, 13:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" akademiyasi a’zosi Xon Vilxoft-King futbolchilik faoliyatini yakunlab, Oksford universitetida huquq bo‘yicha ta’lim olishni tanladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Tecno

U 6 yoshida "Tottenxem" akademiyasiga qo‘shilgan, keyinchalik Angliyaning U-16 terma jamoasida ham o‘ynagan. O‘tgan mavsumda u "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolab, U-21 jamoasida to‘p surgan va hatto asosiy tarkib mashg‘ulotlarida ham qatnashgan. Vilxoft-King o‘z qarori haqida shunday dedi:

"Menda futbolda motivatsiya doimo etishmas edi. Futbolni yaxshi ko‘rardim, ammo jarohatlar o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Aqliy jihatdan o‘zimni yanada yuqori darajada sinab ko‘rishni istaganimni his qildim."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!