
"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi frantsuz klubiga o‘tdi
"Sent-Eten" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali markaziy himoyach Elyakim Mangalya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
30 yoshli tajribali futbolchi frantsuz klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shilgan va joriy mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Mangalya faoliyati davomida "Portu", "Manchester Siti" va "Everton" kabi jamoalarda o‘ynagan. Uning so‘nggi ish joyi "Valensiya" klubi bo‘lgan edi.
Mangalyaning ayni damdagi transfer narxi 2 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar