"Manchester Siti"ning etakchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin
"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva 2026 yil yozida jamoasini tark etishi mumkin.
"CaughtOffside" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z safida ko‘rishni "Barselona" va "Yuventus" istamoqda. Shu bilan birga, Saudiya Arabistonining "Al-Ahli", "Al-Kodisiya" va "An-Nasr" klublari ham Silva uchun katta moliyaviy taklif tayyorlamoqda.
Futbolchi "shaharliklar" bilan shartnomani uzaytirishi ehtimoli juda kam.
Joriy mavsumda Bernardu Silva barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 38 million evroga teng.



Fikrlar