"Manchester Siti"ni chempion qilgan murabbiy MYuni boshqarishi mumkin

  • 18 oktabr, 14:32
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchini "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Ruben Amorim iste’foga chiqadigan bo‘lsa, italiyalik mutaxassis uning o‘rnini egallashi mumkin. Ma’lum qilinishicha, Manchini va "qizil iblislar"ning rahbari Jim Retkliff o‘zaro yaxshi munosabatga ega va ular bir necha bor turli tadbirlarda uchrashishgan.

Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassis 2009–2013 yillarda "shaharliklar"ni boshqargan. Uning qo‘l ostida klub 2012 yilda Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan edi. 60 yoshli murabbiy so‘nggi marta Saudiya Arabistoni terma jamoasiga ustozlik qilgan bo‘lib, u erda 2024 yil oktyabr oyida iste’foga chiqarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!