“Manchester Siti”ga yangi sardor tayinlashdi

  • 9 yanvar, 2024, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”da safga Kevin de Bryuyne qaytganidan keyin jamoaning yangi sardorini tayinlash masalasi hal etildi.

Tecno

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, “shaharliklar” asosiy sardori Kayl Uoker bo‘ladi. unga o‘rinbosar sifatida Kevin de Bryuyne tanlandi.

Shuningdek, bu ikki futbolchi maydonga tusha olmagan taqdirda, jamoadagi etakchilikni Rodri, Ruben Diash va Bernardu Silva bajarishi mumkinligi belgilandi.

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Kayl Uoker bosh murabbiy Xosep Gvardiola qo‘l ostida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda.

33 yoshli futbolchi ilgari “Tottenxem”, “Aston Villa”, KPR, “Sheffild Yunayted” jamoalarida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!