"Manchester Siti"ga o‘tadigan "yangi Aguero" 1 o‘yinda 6 ta gol urdi

  • 26 may, 2022, 19:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvares Libertadores kubogi guruh bosqichi 6-turida 6 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu bahsda uning jamoasi Peruning "Alyans Lima" jamoasini o‘ta yirik 8:1 hisobida mag‘lub etdi. 

Tecno

Xulian bir uchrashuvda 6 ta gol urgan "River Pleyt" tarixidagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Qayd etish lozim, 22 yoshli argentinalik forvard iyul oyida "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tadi.  

Uning transferi yanvar oyidayoq hal qilingandi. Biroq "shaharliklar" rahbariyati iqtidorli futbolchini mavsum yakuniga qadar o‘z klubi safida ijara asosida to‘p tepishini ma’qul ko‘rdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!