
"Manchester Siti"da yana virus! Bugun "Chelsi"ga qarshi bahs bor
"Manchester Siti" matbuot xizmati jamoada yana koronavirusga chalinish holati aniqlanganini e’lon qildi.
Himoyachi Erik Garsiya va klub xodimlaridan biri COVID-19 ga topshirgan test natijasi musbat natijani bergan. Har ikkalsi ham Premer liga va Buyuk Britaniya qoidalari asosida karantinga olinadi.
29 dekabr kuni Gabriel Jezus, Kayl Uoker, nomi oshkor qilinmagan yana uchta futbolchi va ikki xodimda koronavirus aniqlangani ma’lum qilingandi.
APL doirasida "Everton"ga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuv qoldirilgandi. Bugun "shaharliklar" Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da "Chelsi"ga qarshi navbatdagi tur o‘yinida ishtirok etishi kerak.
Fikrlar