“Manchester Siti” zo‘r himoyachini qo‘lga kiritdi

  • 8 iyun, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” shu yilning yanvar oyida jamoaga Abduqodir Husanovning kelishi bilan boshlangan tarkibni yangilash siyosatini davom ettirmoqda.

Tecno

“Shaharliklar” himoya chizig‘ining chap  qanotiga yangi o‘yinchi oldi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, mavsumni “Vulverxempton”da yakunlagan Rayan Ait-Nuri “Manchester Siti” uchun tashkil qilingan tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va tez orada klub bilan shartnomani rasmiylashtiradi.

Avvalroq, har ikki klub 24 yoshli jazoirlik futbolchining transferi uchun 40 million evro to‘lanishi haqida kelishib olgan edi.

Manchesterliklar bilan besh yillik bitim tuzishi kutilayotgan Rayan Ait-nuri o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari beshta gol va ettita assist muallifi bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!