
“Manchester Siti” yulduziga og‘ir shart qo‘ydi
“Manchester Siti” rahbariyati yozda jamoa tarkibida o‘zgarishlar davom etishi va hozirgi yulduzlardan bir nechtasi o‘rnini bo‘shatishi haqida ma’lum qilgandi.
Ketadiganlar orasida Kevin de Bryuynening ham nomi bor. Belgiyalik pleymeykerning 30 iyun kuni shartnomasi yakunlanadi.
Mirror nashrining yozishicha, “shaharliklar” 33 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishi mumkin. Buning uchun Kevin maoshining uchdan ikki qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Amaldagi shartnoma bo‘yicha Kevin de Bryuyne har hafta 375 ming funtdan maosh olmoqda. Agar klubda qolishni istasa, unga yangi shartnoma bo‘yicha har etti kunda 150 ming funt to‘lab boriladi.
Bundan tashqari, klub mutasaddilari futbolchining o‘yini va natijalariga qarab, bonuslar ham bo‘lishini va’da qilmoqda.
Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”ga 2015 yili olib kelingan. Shundan beri mohir pleymeyker barcha turnirlarda 410 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 106 ta gol va 174 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar