"Manchester Siti" yulduz futbolchi transferi yuzasidan muzokara o‘tkazdi

  • 14 may, 12:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va "Bayer Leverkuzen" klubi futbolchisi Florian Virtts faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports nashrining xabar berishicha, "shaharliklar" va "farmasevtlar" vakillari transfer yuzasidan uchrashuv o‘tkazishgan. Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishishgan.

Virttsning "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Florianni narxini 140 million evroga baholamoqda. 

Joriy mavsum Bundesligada 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 12 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!