
"Manchester Siti" yozda yana bir etakchisi bilan xayrlashmoqchi
Portugaliya terma jamoasi a’zosi Bernardu Silva joriy mavsum yakunida “Manchester Siti” klubini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda "A Bola" nashri.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi o‘z vataniga qaytishi mumkin. Uning xizmatlariga Lissabonning “Benfika” klubi qiziqish bildirmoqda. Bernardu o‘zining sobiq jamoasiga qaytish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. U “Benfika” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
“Shaharliklar” yozda tarkibni yangilash maqsadida Bernardu bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchining bozor qiymati 45 million evroga baholanmoqda. Uning joriy shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Fikrlar