
"Manchester Siti" yirik hisobda g‘alaba qozondi. "Atletiko" esa durang o‘ynadi
EChLning 3-turida "Manchester Siti" "Yang Boyz" mehmoni bo‘ldi va 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.
48-daqiqada Akanji hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Elia imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Xoland dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan Gvardiola shogirdlari guruhida peshqadam bo‘lib turibdi.
"Atletiko" esa "Seltik" maydonida 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, mezbonlar oldinga chiqib oldi. 25-daqiqada Grizmann hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Palma ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 53-daqiqada Morata imkoniyatlarni tenglashtirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida De Paul ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
Mazkur bahsdan keyin "matraschilar" guruhida 2-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar