
"Manchester Siti" yarim himoyaga Marmushning sobiq jamoadoshini olib keladi
"Manchester Siti" o‘z tarkibini kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Germaniyaning "Sky Sport" nashri xabar berishicha, ingliz klubi "Ayntraxt"ning yarim himoyachisi Ugo Larsson uchun kurashga kirishgan. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli Larsson "Manchester Siti"ning o‘ziga bo‘lgan qiziqishidan allaqachon xabardor.
"Ayntraxt" ham bu haqda xabardor qilingan va dastlabki muzokaralar o‘tkazilgan. Ugo Larssonning transferi qimmatga tushishi kutilmoqda. "Ayntraxt" shvetsiyalik futbolchi uchun kamida 60 million evro olishni mo‘ljallamoqda.
Shu bilan birga, Larssonga "Arsenal," "Liverpul" va "Tottenxem" kabi boshqa APL klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Ugo Bundesliganing etakchi klublari e’tiborini ham tortgan.
Fikrlar