
"Manchester Siti" yarim himoyaga Gvardiolaning sobiq o‘ogirdini olib keladi
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "TeamTalk" xabar bermoqda.
Manba xabariga ko‘ra, nemis klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydigan 29 yoshli futbolchi, joriy transferlar oynasidayoq Xosep Gvardiola jamoasiga qo‘shilishi mumkin. Xabaringiz bor, u ilgari Myunxenda Gvardiola qo‘l ostida o‘ynagan.
"Shaharliklar" Rodri jarohatidan so‘ng qo‘shimcha taktik variantlar yaratishga mos keladigan o‘yinchini xarid qilishni istamoqda. Shuningdek, Kimmix hali o‘z kelajagi bo‘yicha qaror yakuniy qabul qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nemis futbolchisiga "Real Madrid", "Barselona", "Liverpul" va boshqa klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar