"Manchester Siti" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri yaqin orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Ispaniyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumning deyarli barcha qismini — sentyabrdan maygacha — tizzasidagi to‘g‘ri krestoobraz bog‘lam uzilishi sababli o‘tkazib yubordi. Shunga qaramasdan, u jarohatlangan holda ham "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi.
Jurnalist Saymon Mallokning ma’lumotiga ko‘ra, agar kutilmagan o‘zgarish bo‘lmasa, Rodri "shaxarliklar" bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolaydi. Unga ko‘ra, futbolchining haftalik maoshi 300 ming funt (taxminan 355 ming evro)dan oshib ketadi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha jamoada faqat Erling Xoland Rodridan ko‘proq ish haqi oladi. Ayni mavsumda Rodri faqatgina 4 ta o‘yinda qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan.



Fikrlar