
“Manchester Siti” yanvarda to‘rtta o‘yinchi oladigan bo‘ldi
“Manchester Siti” rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiolani qo‘llab-quvvatlash maqsadida kishki transferlar davrida to‘rtta o‘yinchi olishga qaror qildi.
Xosep Gvardiola jamoanin qiyin ahvolga tushib qolgani va ketma-ket ochko yo‘qotayotganini kadrlar bilan bog‘liq muammoga bog‘lagan edi. “Shaharliklar” oxirgi 11 ta uchrashuvdan faqat bittasida g‘alaba qozondi va sakkiz marotaba mag‘lubiyatga uchradi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, murabbiylar shtabi qaysi nuqtalarni kuchaytirish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan.
Unga ko‘ra, yanvarda tayanch yarim himoyachi, markaziy hujumchi, o‘ng qanot va markaziy himoyachi olinishi kerak.
Xosep Gvardiola yangi o‘yinchilar yordamida jamoani inqirozdan olib chiqishga urinib ko‘radi.
Fikrlar