"Manchester Siti" yangi himoyachi sotib olmoqchi
"Tottenxem" himoyachisi Pedro Porro xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.
"TEAMtalk" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, londonliklar himoyachi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Biroq "shaharliklar" Porro atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibdi. "Shporlar" futbolchining maoshini sezilarli darajada oshirishga tayyor va bu orqali klub Pedroni jamoada saqlab qolmoqchi. "Siti"ning asosiy variantlari qatorida "Nyukasl" vakili Tino Livramento ham bor.
Ispaniyalik futbolchining hozirda transfer bozoridagi narxi 40 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli himoyachi joriy mavsum Frank qo‘l ostida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar