“Manchester Siti” yana yosh o‘yinchiga katta summa sarflaydi

  • 10 aprel, 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarkibni yoshartirish siyosatini davom ettirishi va yosh iste’dod egalarini jalb etishda mablag‘ni ayamasligini namoyish qilmoqda.

Tecno

Bu gal “shaharliklar” yana “Ayntraxt”ga murojaat qiladigan bo‘ldi. Yanvarda manchesterliklar bu klublan 75 million evroga Umar Marmushni olgandi. Endi frankfurtliklarning 20 yoshli yarim himoyachisi Ugo Larsson uchun “shaharliklar”ga 50 million evrodan voz kechishga tyyor.

Larsson yosh bo‘lishiga qaramay, maydon markazida o‘yinni boshqarishi, raqibdan to‘pni olib qo‘yish va hujumga samarali qo‘shilish mahoratini namoyish etib kelmoqda.

Yangi jamoa shakllantirayotgan Gvardiola Larssonning jismonan baquvvatligi, texnikasi, maydonni yaxshi ko‘ra olishiga jiddiy qiziqish bildirib turibdi.

Shvetsiyalik futbolchiga Evropaning bir necha klublari ko‘z tikkan. “Ayntraxt” qaysi xaridor birinchi bo‘lib rasmiy taklif yuborishini kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!