
"Manchester Siti" yana Paketa variantiga qaytdi!
Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" yarim himoyani kuchaytirish maqsadida "Vest Xem" futbolchisi Lukas Paketaga yana qiziqish bildirmoqda.
"Globo Esporte" nashrining bergan xabarlariga ko‘ra, “shaharliklar” 27 yoshli braziliyalik yarim ximoyachidan pul tikish bo‘yicha ayblovlar olib tashalgandan keyin uning nomzodiga yana qaytishi mumkin. "Siti" Paketa transferi uchun "bolg‘achilar"ga 68 million evro atrofida pul taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola jamoasi oldin ham Lukasga qiziqish bildirgandi, biroq braziliyalik futbolchi o‘yinlarga pul tikishda ayblangani sababli transfer amalga oshmagandi.
Ma’lumot uchun, Paketa o‘tgan mavsum londonliklar safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan.
Fikrlar